27 va 30 mart: O‘zbekiston terma jamoasi FIFA Seriesda uyda o‘ynaydi
Sport
2026 yil bahorida O‘zbekiston yangi xalqaro turnir — FIFA Series o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Mini-turnir doirasidagi bahslar sanalari va ishtirokchilar ma’lum qilindi.
O‘zbekiston terma jamoasi 27 mart kuni Gabonga qarshi maydonga tushadi. 30 mart kuni esa jamoa Venesuelaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar mamlakat hududida o‘tkaziladi.
Turnirda mezbonlardan tashqari Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari ishtirok etadi. FIFA Series formati turli konfederatsiyalarga mansub jamoalarni birlashtirib, qit’alararo o‘yinlar uchun maydon yaratadi.
FIFA Series tarixda ilk bor bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatda o‘tkaziladi. O‘zbekiston uchun bu musobaqa xalqaro maydonda kuch sinashish va tajriba orttirish imkoniyatidir.

Powered by Froala Editor