700 nafar federal agent Minneapolisni tark etadi
Dunyo
AQSH federal hokimiyati noqonuniy migratsiyaga qarshi operatsiya davom etayotgan bir paytda Minnesotadan 700 nafar immigratsiya va chegara xizmati xodimini olib chiqishini e’lon qildi. Bu haqda chegara xizmati rahbari Tom Homan ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqartirish darhol boshlanadi, biroq shtatda operatsiyada ishtirok etayotgan qariyb ikki ming federal xodim qoladi.
Avvalroq operatsiya doirasida Minnesotaga uch mingga yaqin federal xodim yuborilgan edi, bu esa norozilik namoyishlari va siyosiy bahslarni keltirib chiqargan. Yanvar oyida namoyishlar paytida federal agentlar ikki nafar AQSH fuqarosini otib o‘ldirgani jamoatchilik tanqidini kuchaytirib, operatsiya rahbariyatida o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Homan federal hokimiyat kelgusida kuchaytirilgan ishtirokni to‘liq tugatishni rejalayotganini, biroq noqonuniy migratsiyaga qarshi operatsiya davom etishini ta’kidladi.
Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem esa Minnesotadagi barcha federal agentlarga xizmat paytida foydalanish uchun noutana (body-kamera) berilishini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor