8 nafar o‘zbekistonlik bokschi Liverpuldagi jahon chempionati medallarini kafolatladi
Sport
Angliyaning Liverpul shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana 8 nafar bokschisi yarim finalga chiqib, kamida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Chorak final janglarida Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg), Javohir Ummataliyev (-80 kg), Turabek Xabibullayev (-90 kg), Feruza Qazoqova (-51 kg), Navbahor Xamidova (-65 kg), Abdumalik Xalokov (-60 kg), Asadxuja Muydinxudjayev (-65 kg), Fazliddin Erkinboev (-75 kg) va Jahongir Zokirov (+90 kg) g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, terma jamoamiz medal jamg‘armasini yana sakkizta sovrin bilan boyitdi va final yo‘llanmalari uchun kurashni davom ettirmoqda.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ertangi kun dam olish kuni etib belgilangan.

Powered by Froala Editor