Trampga suiqasdga urinish: Florida voqeasi

Dunyo

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning Floridadagi golf maydoni yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Federal tergov byurosi ushbu hodisani suiqasdga urinish sifatida tergov qilmoqda. Trampning shtabi uning "butunlay xavfsiz" ekanligini tasdiqladi.

Trampga suiqasdga urinish: Florida voqeasi
Yakshanba kuni Donald Trampning West Palm Beachdagi Trump International golf klubiga yaqin joyda qurolli shaxs payqalgach, AQSh Maxfiy xizmat agentlari unga qarata o‘t ochdi. Shaxs qochmoqchi bo‘ldi, ammo avtomobilda qo‘lga olindi.

Hodisa joyida AK-47 avtomati va boshqa jihozlar topildi. Gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov ishlari davom etmoqda.

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris "zo‘ravonlikka Amerika jamiyatida o‘rin yo‘q" ekanini ta’kidladi va Trampning xavfsizligi uchun quvonch izhor qildi.

Tramp hodisadan so‘ng o‘z tarafdorlariga minnatdorchilik bildirdi va Maxfiy xizmatni jonbozligi uchun alohida ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing