Abdulaziz Komilov Bryusselda YeI bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildi
Siyosat
O'zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo'yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Bryussel shahriga tashrifi davomida Yevropa komissiyasi Prezidenti Ijroiya apparatining siyosiy muvofiqlashtirish va boshqaruv bo'yicha direktori Jivka Petkova bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.
Unda O'zbekiston–Yevropa munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashilgan.
Tomonlar 2022-yil 6-iyulda parafirlangan O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida «Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimni tezroq imzolashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
Suhbatdosh O'zbekiston tomonining iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholagan. U, shuningdek, O'zbekistonning joriy yilda Samarqandda Xalqaro iqlim forumini o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatlashini bildirgan.
Muhim xomashyo sohasida, tegishli memorandum tuzish orqali o'zaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarbligi ta'kidlangan.
Tomonlar ikki tomonlama va mintaqalararo xarakterdagi bo'lajak qo'shma tadbirlar jadvalini ham muhokama qildi.

Powered by Froala Editor