Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin
Sport
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov yozgi transfer oynasida «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin. Klub rahbariyati uni vaqtincha ijaraga berish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbek futbolining eng umidli yosh iste’dodlaridan biri sifatida Yevropaga yo‘l olgan 21 yoshli himoyachi Manchester klubi bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolagan edi. 40 million yevroga teng transfer summasi uni nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyo futbolining yulduz sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi. Ammo Pep Gvardiola rahbarligidagi jamoada o‘z o‘rnini topish oson bo‘lmayapti.
Manchester Sitining himoya chizig‘ida kuchli raqobat mavjud — bu esa Husanovning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini qiyinlashtirmoqda. Shunday bo‘lsa-da, u dunyoning eng nufuzli murabbiylaridan biri bilan birga ishlash baxtiga muyassar bo‘ldi. Ammo yosh himoyachining rivojlanishi uchun faqat mashg‘ulotlar emas, balki doimiy o‘yin amaliyoti ham juda muhim.
Pep Gvardiola va klub murabbiylar shtabi bu borada aniq qarorga kelgan ko‘rinadi — Husanovni vaqtincha boshqa klubga ijaraga yuborish orqali unga doimiy o‘yin amaliyoti taqdim etish rejalashtirilmoqda. Premier-ligadagi bir nechta jamoalar, shuningdek, boshqa Yevropa ligalari vakillari yosh himoyachiga qiziqish bildirishmoqda. Uning jismoniy imkoniyatlari, maydondagi sovuqqonligi va texnik tayyorgarligi murabbiylar e’tiborini tortmoqda.
Murabbiylar fikricha, bu vaqtinchalik ketish Husanovning ruhiy va professional jihatdan chiniqishiga yordam beradi. Bu nafaqat o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, balki Yevropa futbolidagi murakkab muhitga moslashish uchun ham muhim bosqichdir.

Powered by Froala Editor