Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Goalpost nashri talqiniga ko‘ra 2025 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi.

Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Goalpost sport nashri Abduqodir Husannovni 2025 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etdi. Nashrga ko‘ra, o‘tgan yil futbolchining faoliyatida burilish davri bo‘ldi.

Yanvar oyida Husanov O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor Angliya Premyer-ligasida debyut qilgan futbolchi sifatida tarixga kirdi. U “Manchester Siti” safiga qo‘shilib, dunyoning eng kuchli chempionatlaridan birida maydonga tushdi.

Iyun oyida esa u milliy terma jamoa safida muhim natijaga erishib, O‘zbekistonning jahon chempionatiga yo‘llanma olishiga hissa qo‘shdi. Bu yutuq Husanovning terma jamoa uchun muhim futbolchiga aylanganini yana bir bor tasdiqladi.

Goalpost mutaxassislari futbolchining barqaror o‘yini, taktik yetukligi va tez rivojlanishini alohida qayd etib, aynan shu omillar uni Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchi darajasiga olib chiqqanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing