Afg‘oniston O‘zbekistondan yo‘l uchun tranzit to‘lovini kamaytirishni so‘radi
Dunyo
“Tolibon” rasmiysiga ko‘ra, bu tranzit to‘lovi boshqa yo‘nalishlarga nisbatan yuqori.
Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo va tranzit maqsadida O‘zbekiston yo‘llaridan ko‘proq foydalanmoqda. Biroq, bu yo‘nalishda Afg‘oniston yuklari uchun tranzit to‘lovi boshqa yo‘nalishlarga nisbatan yuqori. Bu haqda “Tolibon” hukumati Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari mulla Abdul-Gʻani Baradar O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayeav boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Mulla Abdul-Gʻani Baradarga ko‘ra, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida muvozanatli savdo balansiga ega bo‘lishi uchun Afg‘onistonning O‘zbekistonga eksporti sezilarli darajada oshishi ma’qul va shu munosabat bilan O‘zbekiston Afg‘oniston uchun alohida imtiyozli tariflarni ko‘rib chiqishi kerak. Afg‘oniston yuklari uchun tranzit to‘lovi boshqa yo‘nalishlarga nisbatan yuqori, buni kamaytirish kerak.
Jamshid Xo‘jayev o‘z nutqi davomida O‘zbekiston Afg‘oniston bilan qishloq xo‘jaligi, transport, temir yo‘l, savdo, tranzit, suv xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati sohalarida hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Uning bildirishicha, O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonning O‘zbekistonga eksportini ko‘paytirish bo‘yicha savdo yo‘llari xaritasini yaratgan. Unga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb uch milliard dollarni tashkil etadi.

Powered by Froala Editor