Agar hozir yer yuzida do‘zax bo‘lsa, u G‘azo shimolida – BMT

Dunyo

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rasmiy vakili G‘azo shimolidagi vaziyatni tashvishli, deb atadi.

Agar hozir yer yuzida do‘zax bo‘lsa, u G‘azo shimolida – BMT
BMT G'azo shimoliga gumanitar yordam yuk mashinalarini yetkazib bera olmayapti. Agar hozir yer yuzida do‘zax mavjud bo‘lsa, u G‘azo sektorining shimolidadir. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rasmiy vakili Yens Laerke Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun G‘azo janubiga gumanitar yordam yuklangan yuk mashinalari yetkazilmoqda. Aholi zich joylashgan.

Laerkening qayd etishicha, G'azo shimolida yuz minglab odamlar bor.

Boshqarma rasmiysi G'azo shimolidagi vaziyatni "tashvishli" deb ta'rifladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing