«Sobir Rahimov — Urtaaul» uchastkasida yangi temir yo‘l yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi
O'zbekiston
2026-yil 3-oktabr kuni «Sobir Rahimov» va «Urtaaul» stansiyalari oralig‘ida yangi zamonaviy temir yo‘l yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi. Inshoot «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati kesishmasidagi transport oqimini tartibga solish maqsadida qurildi.
Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Z. Narzullayev, Transport prokuraturasi prokurori I. Narimov, OAV vakillari, mahalliy aholi va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Yo‘l o‘tkazgich 3384-kilometr, PK-2 dagi mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnida barpo etildi. Loyiha doirasida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan yangi ikki yo‘lli temir yo‘l ko‘prigi qurildi, temir yo‘l izlari loyihaviy holatiga qaytarildi. Shuningdek, umumiy uzunligi 1200 metr bo‘lgan aylanma temir yo‘l tarmog‘i va avtomobil yo‘li barpo etildi.
Qurilish jarayonida keng ko‘lamli muhandislik ishlari amalga oshirildi. To‘siq devorlar poydevori uchun 237 ta burg‘ulab quyiladigan qoziq tayyorlanib, ularga 11 ming kub metrdan ortiq beton yotqizildi. 800 metr kontakt tarmog‘i to‘liq qayta yotqizildi.
Loyiha doirasida 60 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. Ob’ektda suv o‘tkazish inshootlari o‘rnatildi, yomg‘ir va qor erishi natijasidagi suvlarni xavfsiz chiqarib yuborish uchun ikkita suv chiqarish quvuri qurildi. Zamonaviy avtomobil va piyodalar yo‘laklari ham barpo etildi.
Yangi yo‘l o‘tkazgich temir yo‘l va avtomobil harakatini ajratish hamda ushbu hududdagi transport oqimini tartibga solishga xizmat qiladi. Inshoot Zangiota tumani aholisi va tranzit yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi kutilmoqda.
Ob’ektning foydalanishga topshirilishi avtomobil yo‘llaridagi yuklamani kamaytirish, tirbandliklarni va yo‘lda sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek, harakat xavfsizligi va qulayligini oshirish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor