AgroTech Klaster Xitoyning Lovol brendi ostida qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

O'zbekiston

“O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvidagi AgroTech Klaster qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishda yangi marralarni ko‘zlagan holda xalqaro hamkorlikka katta e'tibor qaratmoqda. Klaster Lovol brendi ostida 35-50 ot kuchiga ega bog‘dorchilik traktorlari va 90-100 ot kuchiga ega universal chopiq traktorlarini ishlab chiqarishni boshladi, deb xabar bermoqda kompaniyaning matbuot xizmati.

AgroTech Klaster Xitoyning Lovol brendi ostida qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi
Ma’lum qilinishicha, Shandong Heavy Industry Group kompaniyasi va "O‘zavtosanoat" AJ o‘rtasida hamkorlik kelishuvi O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining joriy yilning 23–25-yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi chog‘ida imzolangan.

“Lovol kompaniyasining bog‘dorchilik traktorlari — bog‘ qator oralariga va tuproqqa ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish, kesilgan daraxt shox shabbalarini maydalash va dalani tozalash, daraxtlarga kimyoviy ishlov berish hamda hosilni daladan olib chiqish kabi vazifalarini bajaradi. Bu esa fermer va bog‘bonlar uchun chinakam va ajralmas yordamchi bo‘la oladi”, — deyiladi xabarda.

Shak-shubhasizki, Shandong Heavy Industry Group bilan istiqbolli hamkorlik zamirida Lovol brendi ostida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish AgroTech Klaster uchun yangi marralarni zabt etish qolaversa, kompaniyaning xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishga katta imkoniyat eshiklarini ochadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing