AhadMix Group 2023-yil sarhisobini taqdim etdi

Biznes

2023-yilda AhadMix Group kompaniyasi 1 000 ga yaqin tadbirda texnik hamkor sifatida ishtirok etdi va o'z rivojlanishiga qariyb 2 mln dollar sarmoya kiritdi.

AhadMix Group 2023-yil sarhisobini taqdim etdi
Ayniqsa, kompaniya uchun oktyabr rekord oy bo'ldi. Mazkur oy davomida AhadMix Group 54 ta tadbir uchun yoritish uskunalari va 79 ta tadbir uchun LED ekranlarni taqdim etdi.

Kompaniya yoritish uskunalarini yangilash va ularning sonini ko‘paytirish, omborxona maydonini kengaytirish va xodimlarning malakasini oshirishga qariyb 2 mln dollar sarmoya kiritgan.

2023-yil yakuniga ko'ra, AhadMix Group turli modifikatsiyadagi 3000 ta zamonaviy yoritish uskunalariga ega. Kompaniyaga tegishli LED ekranlarining umumiy maydoni 1 200 kvadrat metrni tashkil etadi.

O'tib borayotgan yilda kompaniyaning strategik tashabbuslaridan biri xodimlar sonini ko'paytirish va ularning kasbiy o'sishiga sarmoya kiritish bo'ldi. Ayni paytda AhadMix Group kompaniyasida yoritish texnikalari va LED ekranlarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 60 ta yuqori malakali xodim ishlaydi.

Tadbirlarni texnik qo'llab-quvvatlash bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga murojaat qiling: (+998) 99−880−91−19.

Instagram: @‌ahadmix_group
Facebook: fb.com/ahadmixgroup 

Reklama huquqi asosida

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing