Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
O'zbekiston
Xavfsizlik pasportlarida umumiy maydon, mahalla aholisi va xonadonlari qanchaligi, shuningdek, xavfi yuqori boʼlgan hamda ijtimoiy va iqtisodiy obʼektlar soni aks etadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirining “Oʼzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obʼektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʼi qabul qilindi.
Xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va obʼektlar haqidagi maʼlumotlarni toʼplash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin boʼlgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
Tuman (shahar) xokimliklari favqulodda vaziyatlar boʼlimlari orqali mahallalarga xafvsizlik pasportlarini shakllantirish haqida xabarnoma yuborishadi.
Xavfsizlik pasportlari 5 ta jadvaldan iborat boʼlib, umumiy maydon (km), mahalla aholisi soni, mahalla xonadonlari soni, koʼp qavatli/ yakka tartibdagi uylar soni, aholi zichligi, xavfi yuqori boʼlgan obʼektlar soni, ijtimoiy va iqtisodiy obʼektlar soni bo’yicha ma’lumotlarni aks ettiradi.
Shuningdek, aholi gavjum toʼplanadigan sogʼliqni saqlash muassasalari, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar, proffesional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari, savdo komplekslari, madaniyat va sport muassasalari, masjidlar soni koʼrsatiladi:

Powered by Froala Editor