AIIBning Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatga olish boshlandi
O'zbekiston
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (OIIB) 9-Yillik yig‘ilishida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi, deb xabar bermoqda O‘zR Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Yillik yig‘ilish 2024-yilning 25–26-sentabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir mavzusi: “Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish”.
OIIBning asosiy tadbiri bo'lgan Yillik yig'ilish Bank yutuqlarini namoyish qilish va aksiyadorlarning fikr-mulohazalarini eshitish imkonini beradi hamda OIIBga aʼzo mamlakatlardan Bank boshqaruvchilari va delegatlarini, shuningdek, Bank hamkorlari va mijozlarini, biznes liderlarini, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va butun dunyo boʻylab ekspertlarni birlashtirgan muloqot platformasi boʻlib xizmat qiladi.
O‘zbekiston OIIBning ta’sischi davlatlaridan biri hisoblanadi. Bankning mamlakatimizdagi umumiy investitsiya portfeli 3 milliard dollardan oshadi. OIIB va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida imzolangan uch yillik investitsiya dasturi doirasida yana 2 milliard dollarlik loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Ishtirokchilar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari quyidagi havola2024 AIIB Annual Meeting Overviewboʻyicha roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Yillik yig'ilish haqida qo'shimcha ma'lumotlarni aiib.com saytidan yoki annualmeeting@aiib.org elektron pochta manziliga murojaat qilib olish mumkin.

Powered by Froala Editor