"Qattiqqo‘l" ota-onalarga nisbatan chora ko‘riladi

O'zbekiston

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish - har bir ota-onaning mas’uliyati!

"Qattiqqo‘l" ota-onalarga nisbatan chora ko‘riladi
Yangi qonunchilikka ko‘ra, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish maqsadida ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) quyidagilar yuzasidan chora ko‘radi:

Bolalarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish;

Bolalarning to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish;

Zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish — internet va boshqa manbalardagi nojo‘ya materiallardan bolalarni asrash muhim;

Jismoniy jazolash taqiqlanadi — bolalar tarbiyasida zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q.

Ota-onalar nafaqat bolalarga zarur tarbiya va ta’lim berishga mas’ul, balki ularni psixologik va jismoniy xavf-xatardan himoya qilishda ham faol bo‘lishlari lozim.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing