Samarqand Xitoy e'tirofiga sazovor bo‘ldi

Dunyo

Kunmin shahrida bo‘lib o‘tgan "Birodarlashgan shaharlar – 2024" xalqaro konferensiyasida Samarqand viloyati "Xitoy hududlari bilan birodarlashgan ajoyib hamkor" sifatida e'tirof etildi.

Samarqand Xitoy e'tirofiga sazovor bo‘ldi
Tadbir Xitoy xalqining xorijiy davlatlar bilan do‘stlik assotsiatsiyasi, Xitoy xalqaro birodar shaharlar federatsiyasi tomonidan Yunnan provinsiyasi xalq hukumati bilan birgalikda tashkil etildi.

Unda 41 davlat vakillari, jumladan, Samarqand viloyati delegatsiyasi ishtirok etdi.

Anjumanda 2022 yilda Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida imzolangan bitim doirasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar namuna sifatida ko‘rsatildi.

Xususan, iqtisodiyot, savdo, madaniyat, ta'lim, fan va texnika sohalaridagi ikki tomonlama munosabatlar yuksak baholandi.

Tadbir tashkilotchilari Samarqand viloyatini Xitoy provinsiyalari bilan birodar aloqalarga ega nufuzli hamkor hudud sifatida e'tirof etib, maxsus mukofot bilan taqdirladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing