Aka-uka Bayraktar birinchi marta Forbes’ning milliarderlar ro'yxatiga kiritildi

Biznes

Baykar Defence kompaniyasiga egalik qiluvchi turk ishbilarmonlari Selchuk va Haluk Bayraktar ilk bor Forbes jurnalining yillik milliarderlar ro'yxatiga kiritildi.

Aka-uka Bayraktar birinchi marta Forbes’ning milliarderlar ro'yxatiga kiritildi
Turkiyaning Baykar Defence kompaniyasi egalari — Selchuk va Haluk Bayraktar birinchi marta Forbes milliarderlari ro'yxatiga kiritildi. Baykar Defence kompaniyasining texnik direktori va hammuallifi Selchuk Bayraktar 1,2 milliard dollarlik boylik bilan 2410-o'rinni egalladi. U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning kuyovi hamdir.

Baykar Defence bosh direktori Xaluk Bayraktar 2545-o'rinni egalladi va uning boyligi, reyting ma'lumotlariga ko'ra, 1,1 milliard dollarga baholanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Baykar Defence turk harbiy kompaniyasi boʻlib, 1984-yilda avtomobil butlovchi qismlarini yigʻish korxonasi sifatida tashkil etilgan, biroq 2000-yildan buyon asosiy eʼtibor Ukraina armiyasi tomonidan faol qoʻllanilayotgan harbiy dronlarni ishlab chiqarishga qaratildi. Shuningdek, Ukrainada dron ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi. Kompaniya TV2 yoki TV3 rusumidagi Bayraktar dronlarini ishlab chiqaradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing