Albaniya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Siyosat

16-iyun kuni Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begayni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Albaniya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ijrosida Oʻzbekiston va Albaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing