Aleksey Navalniy vafot etdi

Dunyo

O‘lim sabablari aniqlanmoqda, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Navalniy qon ivishidan vafot etdi.

Aleksey Navalniy vafot etdi
Jazoni ijro etish federal xizmati Yamalo-Nenets avtonom okrugi boshqarmasi Aleksey Navalniyning koloniyada vafot etganini ma’lum qildi.

Federal Jazoni ijro etish xizmati saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yil 16-fevral kuni mahkum Navalniy A.A. 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida sayr qilganidan keyin o'zini yomon his qilgan, deyarli bir zumda hushini yo'qotgan. Muassasa tibbiyot xodimlari zudlik bilan yordamga kelgan, tez yordam chaqirilgan.

“Barcha zarur reanimatsiya choralari ko‘rilgan, biroq ijobiy natija bermagan. Tez tibbiy yordam shifokorlari mahkumning o‘limini tasdiqlashdi. O‘lim sabablari aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ikki marta shartli qamoq jazosiga hukm qilingan Navalniy “Iv Roshe” ishi bo‘yicha jazoni o‘tash shartlarini buzgani uchun qidiruvga berilgan edi. 2021-yil fevral oyida uning shartli jazosi haqiqiy jazo bilan almashtirildi. 2022-yil mart oyida u sudga hurmatsizlik va soxta kampaniyada pul yig'ishda, 2023-yil avgustida esa ekstremistik tashkilot tuzishda aybdor deb topilgan.

Aleksey Navalniy 47 yoshda edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing