Ali Asadov Ozarbayjon bosh vaziri etib tayinlandi

Siyosat

Ozarbayjon Milliy Majlisi mamlakat bosh vaziri lavozimiga Ali Asadov nomzodini ma’qulladi.

Ali Asadov Ozarbayjon bosh vaziri etib tayinlandi
Ali Asadovning Ozarbayjon bosh vaziri etib tayinlanishini 105 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, bir ovoz qarshi va bir betaraf ovoz berdi. Qaror prezident Ilhom Aliyevning taqdimnomasi asosida qabul qilindi.

Ali Asadov 2019-yilning oktyabridan 2024-yilning 14-fevraliga qadar hukumat rahbari bo‘lib ishlagan, o‘shanda konstitutsiyaviy tartib-qoidaga ko‘ra, yangi saylangan prezident ish boshlaganidan keyin hukumat iste’foga chiqqan edi.

Asadov yig‘ilishdagi nutqida fuqarolar hayotini yaxshilash hukumatning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, mudofaa va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, harbiy sohada texnologiyalarni rivojlantirish, harbiy-sanoat kompleksini takomillashtirish va chegaralar yaxlitligini ta’minlash kelgusi davrning asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing