15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o’yinlari sovrindori

Sport

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi muvaffaqiyati qayd etildi. Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi F46 klassida nayza uloqtirish musobaqasida 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o’yinlari sovrindori
Foto: Paralympic.uz
Bu yutuq Yigitaliyevani nafaqat Paralimpiya o‘yinlaridagi eng yosh sovrindorlar qatoriga qo‘shdi, balki uning katta kelajak uchun ulkan salohiyatini ham namoyon qildi. Shahina 2008-yil 16-oktyabrda tug‘ilgan bo‘lib, o‘zining ilk Paralimpiya ishtirokida ulkan muvaffaqiyatga erishgan.

Ushbu musobaqada yana bir vakilimiz Roziya Ergasheva 35.98 metr natija bilan 9-o‘rinni egalladi. Har ikki sportchi ham O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, xalqaro maydonda yurtimizning kuchini yana bir bor ko‘rsatdilar.

Bu g‘alabalar O‘zbekiston delegatsiyasining Paralimpiya o‘yinlaridagi umumiy natijalarini boyitishda muhim o‘rin tutadi va yosh para atletlarimizga ilhom manbai bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing