Alyaska Rossiyaning birinchi yetakchisini qabul qiladi
Dunyo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 avgust kuni Alyaskaga tashrif buyurgan birinchi Rossiya rahbari bo‘ladi. Tashrif AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tomonlar Ukraina masalasi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025-yil 15-avgust kuni ilk bor Rossiya yetakchisi sifatida AQShning Alyaska shtatiga tashrif buyuradi. Voqea prezident Donald Tramp bilan uchrashuv doirasida bo‘lib o‘tadi, unda tomonlar Ukraina masalasi va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladilar.
Putindan oldin AQShga Nikita Xrushchyov, Leonid Brejnev, Mixail Gorbachyov, Boris Yeltsin va Dmitriy Medvedev tashrif buyurgan, biroq hech biri Alyaskada bo‘lmagan.
Alyaska 1732-yilda Mixail Gvozdev va Ivan Fyodorov tomonidan kashf etilgan va dastlab Rossiya hududi bo‘lgan. 1867-yilda knyaz Konstantin Nikolayevich tashabbusi bilan va imperator Aleksandr II tasdig‘i ostida AQShga 7,2 million dollarga (hozirgi hisobda 150 million dollardan ortiq) sotilgan. O‘sha paytda bu xarid «Syuvardning tentakligi» deb atalgan, ammo keyinchalik oltin, neft va gaz zahiralari kashf etilgach, AQSh tarixidagi eng foydali bitimlardan biriga aylandi.

Powered by Froala Editor