Gonkongning Tay Po tumanida yirik yong‘in ko‘p qavatli uylarda boshlanib ketdi

Dunyo

Gonkongning Tay Po tumanida bir nechta turar-joy minoralarini qamrab olgan kuchli yong‘in yuzaga kelib, odamlarning binolarda qolib ketishiga sabab bo‘ldi.

Gonkongning Tay Po tumanida yirik yong‘in ko‘p qavatli uylarda boshlanib ketdi
Gonkongning Tay Po tumanida yirik yong‘in sodir bo‘lib, bir nechta ko‘p qavatli turar-joy binolari alangaga o‘raldi. Reuters xabariga ko‘ra, bir nechta kishi hanuz binolar ichida qolib ketgan.

Ikki kishi og‘ir kuyish jarohatlarini olgan. Yong‘inni o‘chirishga kirishgan o‘t o‘chiruvchilar orasida ham jarohatlar bor. Yong‘inni bartaraf etish ishlari davom etmoqda, voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing