Aziz Abduqahimov: Toshkentda deyarli 200 ta sug‘orish obyekti faoliyat yuritmoqda

O'zbekiston

Toshkentda shaharni sug‘orish ishlari kuchaytirildi: o‘nlab poliv mashinalari va deyarli yuzga yaqin favvora faoliyat yuritmoqda, dedi maxsus komissiya rahbari Aziz Abduqahimov.

Aziz Abduqahimov: Toshkentda deyarli 200 ta sug‘orish obyekti faoliyat yuritmoqda
Toshkentda hozirgi kunlarda 93 ta poliv mashinasi va 95 ta favvora ishlamoqda. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi raisi, poytaxt ekologik vaziyatini yaxshilash bo‘yicha Favqulodda choralarni amalga oshirish bo‘yicha Maxsus komissiya rahbari Aziz Abduqahimov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv 34 ta kanal orqali 40 ta ariq tizimiga uzatiladi. Shahar sug‘orish tizimining umumiy uzunligi 247 kilometrni tashkil etadi. Mazkur choralar Toshkentning ekologik holatini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing