Amerika Fransiyalik olimni josuslikda aybladi

Siyosat

Fransiya vaziri Filipp Batist fransiyalik olim Trampni tanqid qilganligi sababli unga nisbatan AQShga kirish taqiqi qo'yilganligi va bundan afsusdaligini bildirdi. Vashington esa olimning Donald Trampni tanqid qilgani uchun emas balki mahfiy yadroviy sirlarni olib o'tayotganligi tufayli olimga taqiqlar joriy etilganligini ma'lum qildi.

Amerika Fransiyalik olimni josuslikda aybladi
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Fransiya rasmiylarining fransiyalik olim AQSh chegarasida to‘xtatilgani va Donald Tramp haqidagi tanqidiy xabarlari sababli mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqidagi ma’lumotlarini inkor etdi. Mazkur izohni 21-mart, juma kuni Fransiyaning AFP axborot agentligi e’lon qildi.

"Uning siyosiy qarashlari asosida chiqarib yuborilgani haqidagi har qanday da’vo mutlaqo yolg‘ondir", — deyiladi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi bayonotida.

"Gap ketayotgan fransiyalik olimning elektron qurilmasida Los-Alamos milliy laboratoriyasiga oid maxfiy ma’lumotlar saqlangan bo‘lib, bu maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvni buzish hisoblanadi. U ma’lumotlarni ruxsatsiz olganini va ularni yashirishga uringanini tan oldi", — deya qo‘shimcha qilindi bayonotda.

Yangi Meksika shtatida joylashgan Los-Alamos milliy laboratoriyasi 1943-yilda Robert Oppengeymer tomonidan birinchi atom bombasini yaratish maqsadida tashkil etilgan. Hozir ham ushbu laboratoriyada yadro qurollari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

AFP agentligining diplomatik manbasi olimning kosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanishini bildirgan. U 9-mart kuni Xyuston aeroportiga yetib kelganida tasodifiy tekshiruvga tushgan. Manbaning aytishicha, chegara xodimlari uning ish kompyuteri va telefonini tekshirib, ba’zi xabarlarini "Trampga nisbatan nafratni ifodalovchi va terrorizm sifatida talqin qilinishi mumkin" deb topishgan. Shundan so‘ng, uning qurilmalari musodara qilingan va u 10-mart kuni Yevropaga qaytarilgan.

AFP’ning boshqa manbasi tadqiqotchining "nafratga asoslangan va fitna nazariyalari aks etgan xabarlar" saqlaganlikda ayblangani, unga FQB tomonidan tergov boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilganini aytgan. Ammo yakunda ish yopilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing