Antaliya diplomatik forumi yakunlandi
Dunyo
Antaliyada 2024-yil 1-3 mart kunlari bo'lib o'tgan III diplomatik forum yakunlandi. Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an shafeligida o'tkazilgan va Turkiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan forumda 148 mamlakatdan 4700 siyosatchi ishtirok etdi.
O'zbekiston TIV rahbarining “Turkiy dunyoda institusionallashtirish: XXI asrda Turkiy davlat tashkiloti” mavzusidagi panel sessiyasidagi ishtiroki davomida jahon miqyosida mavjud geosiyosiy vaziyatning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
«Jeyhun Bayramov, Murat Nurtleu, Jeenbek Kulubayev, Mevlut Chavusho‘g‘lu va Kubanichbek Omuraliyev janoblari bilan birgalikda Antalya diplomatik forumining “Turkiy dunyoda institutsionallashtirish: XXI asrda TDT” mavzusidagi panel sessiyasida ishtirok etdik. Biz jahon miqyosida mavjud geosiyosiy vaziyatning dolzarb jihatlariga to‘xtaldik, TDT doirasidagi o‘zaro munosabatlarimiz ijobiy sur’atlarda rivojlanayotganini e’tirof etdik va kelgusidagi vazifalarni belgilab oldik», — deb yozdi Baxtiyor Saidov Telegram kanalida.
Butun dunyodan yig’ilgan diplomatlar, rasmiylar va ekspertlar umumjahon tinchlikka raxna solayotgan muammolarni hal qilish uchun BMTni zudlik bilan isloh qilish zarurligi toʻgʻrisida konsensus bilan forumni yakunladilar.

Powered by Froala Editor