Antoniu Koshta: AQSh Yevropaning siyosatini belgilamaydi
Dunyo
Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta AQShning yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasiga keskin javob berib, Yevropa o‘z ichki siyosatiga tashqi aralashuvni qabul qilmasligini ta’kidladi.
Dushanba kuni Parijdagi konferensiyada so‘zlagan Antoniu Koshta AQShning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida keltirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Hujjatda Yevropa migratsiya va iqtisodiy siyosati tufayli “sivilizatsion yo‘qolish” xavfi ostida ekani aytilgan edi.
AQSh ushbu strategiyada “vatanparvar Yevropa partiyalari”ni Yevropa yo‘nalishini o‘zgartirishga qodir siyosiy kuch sifatida tilga oldi hamda migratsiya, iqtisodiy siyosat va ortiqcha tartibga solish xavfini ko‘rsatdi.
Koshtaning ta’kidlashicha, hech bir davlat, hatto ittifoqchi bo‘lsa ham, Yevropa fuqarolari o‘rniga siyosiy tanlov qila olmaydi.
«Ittifoqchilar bir-birlarining ichki siyosiy hayotiga aralashmasligi kerak. AQSh Yevropaga bizning qarashlarimiz yoki so‘z erkinligi nimani anglatishini ko‘rsatib qo‘ya olmaydi», — dedi Yevropa kengashi raisi.

Powered by Froala Editor