“Apple” ikkita buklanadigan “iPhone” prototipini chiqarishni rejalashtirmoqda
Texnologiya
Ikkita buklanadigan qurilma, “Galaxy Z Flip” va “Z Fold”ga raqobatchi bo‘ladi.
“The Information” ma'lumotlariga ko'ra, “Apple” kompaniyasi “Samsung Galaxy Z Flip” seriyasidagi qurilmalar kabi buklanishi mumkin bo'lgan kamida ikkita “iPhone” prototipini ishlab chiqmoqda. Loyiha ustidagi faol ishlarga qaramay, yaqin ikki yil ichida buklanadigan “iPhone”larni ommaviy ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilmagan. Muhandislar dizayn muammolariga ayniqsa buklanuvchi ekranlarning shikastlanishga moyilligi bilan bog'liq muammoga duch kelishdi.
“Apple” shuningdek, sakkiz dyuymli displeyga ega “iPad Mini” bilan taxminan bir xil o'lchamda bo'lishi kutilayotgan buklanadigan “iPad” ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Kompaniya muhandislari ekrandagi chiziqning ko‘rinishini kamaytirish va displey ochilganda tekis turishini ta’minlovchi ilgak yaratish ustida ishlamoqdalar.
Hozircha buklanadigan “iPad” qachon bozorga chiqishiga aniqlik kiritilmagan, ammo 2026- yoki 2027-yillarda, ehtimol “iPhone” seriyasining 20 yilligi arafasida chiqarilishi haqida taxminlar mavjud.

Powered by Froala Editor