Apple iOS 18’ni taqdim etdi: yangi xususiyatlar, sun'iy intellekt va sun'iy yo'ldosh xabarlari
Texnologiya
Apple WWDC 2024 ko‘rgazmasida iOS 18’ni taqdim etdi: pul o'tkazmalarining yangi usullari, takomillashtirilgan dizayn va sun'iy intellekt integratsiyasi iPhone’dan foydalanish tajribasini yangi bosqichga ko’tarishi shubhasiz.
10-iyun, dushanba kuni har yili bo‘lib o‘tadigan Butunjahon dasturchilar konferensiyasida (WWDC) Apple kompaniyasi yangi operatsion tizim iOS 18’ning uzoq kutilgan funksiyalarini taqdim etdi. Onlayn translyatsiya qilingan tadbir butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning diqqat-e’tiborini tortdi va iPhone foydalanuvchilari uchun yangi ufqlarni ochdi.
Tap to Cash
Eng ko'zga ko'ringan yangiliklardan biri pul o'tkazmalari jarayonini soddalashtirishtiruvchi Tap to Cash xususiyatidir. Uning yordamida foydalanuvchilar o'z telefonlarini qabul qiluvchining qurilmasiga yaqinroq olib kelib, Apple Pay orqali pul yuborishlari mumkin. Pul mablag'larini o'tkazishning ushbu innovatsion usuli shaxsiy ma'lumotlar almashinuvini talab qilmaydi, shu sababli xavfsizlik va qulaylikni sezilarli darajada oshiradi.
Shaxsiylashtirish
Shaxsiylashtirishda ham yaxshilanishlar yo’q emas. iOS 18 foydalanuvchilarga qorong‘u rejimga o‘tishda bosh ekranda rang mavzularini o‘zgartirish, vidjet va piktogrammalarni ekran bo‘ylab erkin ko‘chirish va parol, Face ID yoki Touch ID orqali har bir ilova uchun individual autentifikatsiyani o‘rnatish imkoniyatini taqdim etadi. Bu iPhone interfeysini yanada individual va foydalanuvchilarga qulayroq qiladi.
Suratlar
“Suratlar” ilovasiga ham sezilarli oʻzgarishlar kiritildi. Yangi dizayn suratlarni boshqarish va sozlashni osonlashtiradi. Foydalanuvchilar yangilangan “Filtr” tugmasi yordamida suratlarni odamlar, kunlar va sayohatlar bo‘yicha osongina saralashlari mumkin bo‘ladi. IPhone elektron pochta ilovasida kataloglashtirishning yangi tamoyillari paydo bo'ladi, bu esa elektron pochta xabarlarini topish va tartibga solishni osonlashtiradi.
Sun'iy yo'ldosh xabarlari
iMessage’da sun'iy yo'ldosh imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlash ham qiziqarli yangiliklardan biri bo’ladi. Endi foydalanuvchilar hatto mobil yoki Wi-Fi tarmoqlari doirasidan tashqarida bo‘lishsa ham, xabar yuborish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu xususiyat iPhone 14 va iOS 18’ga yangilangan yangiroq modellarda mavjud bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, shunga o'xshash texnologiya allaqachon Google Pixel va Samsung Galaxy smartfonlarida qo'llanilmoqda.
Apple Intelligence
Bundan tashqari, iOS’ning yangi versiyasida Apple Intelligence sun'iy intellekti mavjud bo'ladi. Qurilma dasturiy ta'minotiga integratsiyalangan ushbu tizim foydalanuvchilarga emojilar, rasm va videolar, shuningdek, elektron pochta xabarlarining qisqacha mazmunini yaratish imkonini beradi. Apple, shuningdek, OpenAI’ning ChatGPTsini Siri’ga integratsiyalash rejalarini e'lon qildi, bu tufayli ovozli yordamchi yanada aniq javoblar berib, foydalanuvchilarga ko’proq qulayliklar yaratadi.
Smart Home
iOS 18’ning boshqa yangiliklaridan biri aqlli uy boshqaruvining yangi funksiyalari va maxsus qalam bilan kalkulyatorda formulalarni qo‘lda yozish imkoniyatidir. Foydalanuvchilar ushbu yangiliklarning barchasini 2024-yilning sentyabrida, iOS 18 yuklab olish uchun mavjud bo‘lganida, sinab ko‘rishlari mumkin bo’ladi.
Apple, shuningdek, iOS 18 bilan bir qatorda Mac, iPad, Apple Watch va Apple Vision Pro aralash reallik ko'zoynaklari uchun yangi operatsion tizimlarni ham taqdim etdi. Ushbu yangilanishlar kompaniya qurilmalarini yanada integratsiyalashgan va funksional qilish imkonini beradi.
Ilon Mask
Ushbu taqdimot doirasida Tesla, SpaceX va xAI asoschisi Ilon Mask Apple kompaniyasining sun'iy intellektni operatsion tizimga joriy etish qaroridan noroziligini bildirdi, boisi, uning fikricha, bu kelajakda kompaniya uchun yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunga qaramay, Apple ilg'or texnologiyalarni integratsiyalash va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashda ishonch bilan oldinga siljishda davom etmoqda.

Powered by Froala Editor