“Apple” Xitoy Yangi yili munosabati bilan “AirPods Pro” naushniklarini taqdim etdi

Texnologiya

Cheklangan miqdordagi ikkinchi avlod simsiz “AirPods Pro” naushniklari o’zgacha “Ajdaho yili” o’yma naqshiga ega va 10-fevralda nishonlanadigan Xitoy Yangi yili munosabati bilan chiqarilgan.

“Apple” Xitoy Yangi yili munosabati bilan “AirPods Pro” naushniklarini taqdim etdi
Yangi mahsulot USB-C zaryadlash qutisi korpusida ajdaho o'yma naqshlari, shuningdek, ular yetkazib beriladigan qadoqdagi qizil ajdaho tasviri bilan ajralib turadi. Qolgan parametrlar bo’yicha ushbu modeldagi “AirPods Pro” funksionalligi va narxi standart modellardan farq qilmaydi.

“Apple” avvalroq Osiyoning ayrim mamlakatlarida Buqa, Yo‘lbars va Quyon yilini nishonlash uchun cheklangan miqdordagi “AirPods Pro”ni chiqargan edi.

Mazkur simsiz naushniklarni “Apple”ning Xitoy, Gonkong, Tayvan, Singapur, Vyetnam va Makaodagi mijozlari uchun mavjud bo‘lgan onlayn-do‘konlaridan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, ular Ko’k Ajdaho Yilini nishonlayotgan Koreya Respublikasida ham mavjud.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing