Apple yangi iPhone 17 ni taqdim etdi

Texnologiya

Apple San-Fransiskodagi taqdimotida yangi iPhone 17, iPhone 17 Air va iPhone 17 Pro’ni namoyish etdi. Asosiy yangiliklar — kompaniya tarixidagi eng yupqa smartfon iPhone Air va rekord darajadagi 2 TB xotirali Pro Max.

Apple yangi iPhone 17 ni taqdim etdi
Asosiy iPhone 17 6,3 dyuymli displey (120 Hz), 3000 nit yorqinlik, Ceramic Shield 2 himoya oynasi va A19 protsessoriga ega. Kameralar 48 MP, old kamera yangi kvadrat modulga ega. Barcha bazaviy modellarda endi 256 GB dan boshlab xotira mavjud. Narxi — $799 dan.

iPhone 17 Air Apple’ning eng yupqa smartfoni bo‘lib, atigi 5,6 mm. Titan korpus, 6,5 dyuymli ekran, yangi A19 Pro protsessori, Apple N1 simsiz aloqa chipi va 18 MP old kamera bilan ta’minlangan. Faqat eSIM bilan ishlaydi. Narxi — $999 dan.

iPhone 17 Pro va Pro Max alyuminiy korpus, bug‘ kamerali sovutish tizimi, 18 MP old kamera va 48 MP uch kamerali modulga ega. 39 soatgacha video ko‘rish imkoniyati bor. Pro Max ilk bor 2 TB xotirali versiyada taqdim etildi. Narxlar — $1099 va $1199 dan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing