AQSh Afrika va Osiyodagi yetti davlat fuqarolari uchun kirishni to‘liq taqiqladi

Dunyo

AQSh hukumati Afrika va Osiyodagi yetti davlat fuqarolari uchun mamlakatga kirishga to‘liq taqiq joriy etdi. Bu haqda Oq uy rasmiy bayonot berdi.

AQSh Afrika va Osiyodagi yetti davlat fuqarolari uchun kirishni to‘liq taqiqladi
Hujjatga ko‘ra, Burkina-Faso, Mali, Niger, Janubiy Sudan va Suriya fuqarolari uchun to‘liq kirish cheklovlari kuchga kirdi. Qaror «so‘nggi tahlil natijalari» asosida qabul qilingan.

Shuningdek, ilgari qisman cheklovlar amal qilgan Laos va Syerra-Leone ham to‘liq taqiq ostiga olindi.

Bu choralar prezident Donald Tramp ma’muriyatining qat’iy migratsiya siyosati doirasida qabul qilinmoqda. O‘tgan oy u AQShga uchinchi dunyo davlatlaridan migratsiyani doimiy asosda cheklash va AQSh fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga federal imtiyozlarni bekor qilish niyatini bildirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing