AQSh Armaniston atom energetikasiga $9 mlrdgacha sarmoya kiritishga tayyor
Iqtisodiyot
AQSh va Armaniston fuqarolik yadroviy hamkorligi bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu hujjat 9 mlrd dollargacha sarmoya jalb etish va amerikalik kompaniyalarning yangi atom elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etishiga yo‘l ochishi mumkin.
Hujjatni AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens imzoladi. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Vashington bu kelishuvni asosan strategik qadam sifatida ko‘rmoqda va u Armanistonning energetika sohasida Rossiyaga qaramligini kamaytirishga qaratilgan.
Kelishuv amerikalik yadroviy texnologiyalar, yoqilg‘i va xizmatlarni Armanistonga eksport qilish uchun huquqiy asos yaratadi. Xususan, kichik modulli reaktorlarni yetkazib berish masalasi ko‘zda tutilgan. AQSh kompaniyalari sovet davrida qurilgan amaldagi Armaniston AES o‘rniga yangi stansiya qurish tanlovida ishtirok etishi mumkin.
Hozirda Rossiya ko‘magida stansiya ekspluatatsiya muddati 2036 yilgacha uzaytirilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, mamlakat rasmiylari yangi atom stansiyasi qurish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Jey Di Vensning aytishicha, kelishuv amerikalik va arman kompaniyalari o‘rtasida bitimlar tuzish uchun sharoit yaratadi. Gap AQShdan 5 mlrd dollargacha dastlabki eksport hamda yoqilg‘i va texnik shartnomalar hisobiga qo‘shimcha 4 mlrd dollarlik uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash haqida bormoqda.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hujjat energetika sohasida AQSh bilan hamkorlikning “yangi sahifasini” ochishini va energiya manbalarini diversifikatsiya qilishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Bloomberg qayd etishicha, Yerevan xavfsizlik, diversifikatsiya va energetik suverenitet masalalarini inobatga olib, tobora ko‘proq g‘arb reaktor texnologiyalariga o‘tish niyatini bildirmoqda. AQSh esa bu kelishuvni Janubiy Kavkazdagi pozitsiyalarini mustahkamlash strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rmoqda.

Powered by Froala Editor