AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining G'azo boʻyicha rezolyutsiyasiga veto qo'ydi

Siyosat

Xavfsizlik Kengashining 15 a'zosidan 13 tasi rezolyutsiya uchun ovoz berdi, Buyuk Britaniya esa betaraf qoldi.

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining G'azo boʻyicha rezolyutsiyasiga veto qo'ydi
Qo'shma Shtatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining G'azo sektori blokadasida zudlik bilan o't ochishni to'xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo'ydi.

Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan 80 dan ortiq davlat bilan birgalikda BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilgan rezolyutsiya loyihasi navbatdan tashqari yig‘ilishda ko‘rib chiqildi. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi AQSh ovoz berish vaqtida veto huquqidan foydalangan.

Qayd etilishicha, Xavfsizlik Kengashining 15 a'zosidan 13 tasi rezolyutsiya uchun ovoz bergan. Buyuk Britaniya esa betaraf qolgan.

Rezolyutsiya loyihasi tomonlarni xalqaro huquq doirasida, asosan, tinch aholini himoya qilish borasidagi majburiyatlarini bajarishga chaqiradi. Hujjat, shuningdek, barcha asirlarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilish va insonparvarlik yordamidan foydalanishni nazarda tutadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing