AQSh BMTning G'azodagi urushni to'xtatishga chaqiruvchi yana bir rezolyutsiyasiga veto qo'ydi

Dunyo

Amerika tomoni ushbu hujjatning qabul qilinishi barqaror tinchlikka erishishga yordam bermasligini taʼkidladi.

AQSh BMTning G'azodagi urushni to'xtatishga chaqiruvchi yana bir rezolyutsiyasiga veto qo'ydi
Rezolyutsiya tashabbusi Jazoir tomonidan taklif qilingan va Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan 13 nafari unga ovoz bergan. Buyuk Britaniya Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi sifatida betaraf qoldi. AQSh vetosi tufayli rezolyutsiya uchinchi marta muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild aytishicha, Jazoir taklif qilgan rezolyutsiya qabul qilinishi “barqaror tinchlikka olib kelmaydi va aslida teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin”. U, shuningdek, hujjatni “orzuli va mas’uliyatsiz” deb atadi va Vashington “nozik muzokaralarni xavf ostiga qo‘yadigan” rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidladi. Bu, ehtimol, G‘azo sektorida HAMAS harakati tomonidan ushlab turilgan isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni anglatadi.

AQSh, shuningdek, G'azo sektori bo'yicha o'zining "G'azoda imkon qadar tezroq o't ochishni vaqtincha to'xtatishga" chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden 12-fevral kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida olti haftalik sulh tuzishga chaqirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing