AQSH butun dunyo bo'ylab rekord miqdordagi vizalar berdi

Dunyo

Amerika Qoʻshma Shtatlari maʼmuriyati 2023-moliya yilida deyarli rekord miqdordagi – 10 milliondan ortiq vizalar berdi. Bu haqda AQSH davlat departamentining bayonotida ma’lum qilindi.

AQSH butun dunyo bo'ylab rekord miqdordagi vizalar berdi
Departamentning xabar berishicha, AQSh biznes va sayyohat uchun 8 millionga yaqin tashrif vizalarini rasmiylashtirgan. Bu 2016-yildan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

“Davlat departamenti 600 mingdan ortiq talaba vizasi berdi, bu 2017-moliya yilidan beri eng yuqori koʻrsatkichdir. Hindistondagi elchixonamiz va konsulliklarimiz tarix boʻyicha rekord miqdordagi talaba vizalarini rasmiylashtirgan – 140 000 dan ortiq”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing