Andijon viloyatida kanal o‘pirilishi sodir bo‘ldi
O'zbekiston
Andijon viloyatida Janubiy Farg‘ona kanali qirgʼoqlarining biriga shikast yetganligi natijasida ma'lum miqdorda suv sizib chiqqan. Suv toshqinidan yuzdan ortiq uylar zarar ko‘rdi. Favqulodda xizmatlar oqibatlar bilan kurashmoqda.
8 may kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani Sarvontepa mahallasida Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlaridan biriga zarar yetdi. Suv o‘zandan otilib chiqib, ko‘chalar va uylarni suv bosdi.
FVV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 100 ga yaqin xonadonga suv kirgan. Shundan taxminan 30 tasida xonadonning ichiga, qolgan 70 ta holatda esa tomorqasiga suv kirgan.
Signal berilgandan so‘ng darhol "Norin-Qoradaryo" irrigatsiya boshqarmasi kuchlari tomonidan kanal orqali suv yetkazib berish to‘xtatildi.
Voqea joyida FVV va boshqa xizmatlar xodimlari ishlamoqda. Maxsus texnika yordamida suv chiqarish va qirg‘oqni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Ma’lum qilinishicha, vaziyat nazoratga olingan, qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.
yorilish

Powered by Froala Editor