AQSh fentanilga qarshi kurashda Meksikaga bosimni kuchaytirmoqda
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Meksika bilan harbiy va razvedka hamkorligini kengaytirib, fentanil ishlab chiqaruvchi yashirin laboratoriyalarni yo‘q qilishni talab qilmoqda. The New York Times nashrining amerikalik rasmiylarga tayanib yozishicha, Vashington Meksika hududida qo‘shma operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat olishga intilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh maxsus bo‘linmalari va Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) xodimlarini reydlarga jalb qilish, shuningdek uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu tashabbus o‘tgan yil boshida ham ilgari surilgan, biroq Meksika tomoni uni suverenitet masalalarini asos qilib rad etgan edi.
Manbalarga ko‘ra, AQShning Venesueladagi so‘nggi amaliyoti muzokaralarga yangi turtki bergan. Vashington ta’kidlashicha, uning harbiy maslahatchilari allaqachon Meksika kuch tuzilmalarida qo‘mondonlik darajasida faoliyat yuritib, razvedka ma’lumotlari bilan yordam bermoqda. Endi AQSh hamkorlikni qo‘shma jangovar operatsiyalar darajasiga olib chiqishni taklif qilmoqda.
Meksika ehtiyotkor pozitsiyani saqlab qolmoqda. Mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari Omar Garsiya Harfuch Meksika armiyasi va maxsus bo‘linmalari yetarli darajada tayyorlanganini, asosiy ehtiyoj esa xorijiy qo‘shinlar emas, balki razvedka ma’lumotlarini kengroq almashish ekanini ta’kidlagan.

Powered by Froala Editor