AQSh Fransiya tashkilotlarini Yevropadagi MAGA guruhlari uchun grant dasturidan chiqardi
Dunyo
AQSh Donald Tramp ma’muriyati ustuvor yo‘nalishlarini ilgari suruvchi Yevropa guruhlari uchun mo‘ljallangan grant dasturidan fransuz tashkilotlarini chiqardi. Qaror Vashingtonning Fransiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga aralashuvda ayblanish xavotiri bilan bog‘liq.
Reuters ikki manbaga tayanib xabar berishicha, qaror Fransiya hukumatiga yetkazilgan. AQSh Davlat departamenti esa dastur bo‘yicha arizalar hali ham ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilib, diplomatik muzokaralarga izoh berishdan bosh tortdi.
Dastur Yevropada «demokratik barqarorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, qonun ustuvorligi, so‘z va matbuot erkinligi hamda inson huquqlarini himoya qilish» bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga 1 milliondan 3 million dollargacha grant ajratishni nazarda tutadi. Yo‘nalishlar qatorida milliy suverenitet, migratsiya, senzura va huquqdan siyosiy kurashda foydalanish bilan bog‘liq masalalar ham bor.
Manbalardan birining aytishicha, AQSh rasmiylarini AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning Fransiyada internetdagi dezinformatsiya va demokratik jarayonlarga xorijiy aralashuv uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi bilan ehtimoliy to‘qnashuvi ayniqsa xavotirga solgan.
Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro mamlakat saylovlarga tashqi aralashuvga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan.
AQSh Davlat departamenti vakili Reuters’ga grantlarni taqdim etish shartlariga izoh bermadi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi agentlik so‘roviga javob bermadi.

Powered by Froala Editor