AQSh harbiy xarajatlarni 40 foizga qisqartiradi

Dunyo

AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset mudofaa byudjetini keyingi besh yil ichida har yili 8 foizga yoki jami 40 foizga qisqartirish rejasini ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqida “The Washington Post” xabar berdi.

AQSh harbiy xarajatlarni 40 foizga qisqartiradi
Xabarda yozilishicha, xarajatlarni qisqartirish rejasi 24 fevralgacha taqdim etilishi kerak. Prezident Donald Tramp ma’muriyati qisqartirilmaydigan 17 ta yo‘nalishni belgilab bergan. Bunga AQShning janubiy chegarasini himoya qilish operatsiyalari, yadroviy arsenal va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini modernizatsiya qilish, kamikadze dronlari, suvosti kemalari va o‘q-dorilarni sotib olish kiradi.

Ukrainani Rossiya bilan urushda qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydigan Yevropa qo‘mondonligi, Yaqin Sharqdagi operatsiyalarni boshqaradigan Markaziy qo‘mondonlik va qit’adagi bir necha ming amerikalik askarlarni boshqaradigan Afrika qo‘mondonligi uchun joriy moliyalashtirish darajasini saqlab qolish haqida gapirilmagan.

AQSh mudofaa byudjeti 2025 yilda qariyb 850 milliard dollarni tashkil etadi. Hegset reja amalga oshsa, bu Pentagon uchun 2013 yildan beri eng yirik xarajatlarni qisqartirish bo‘lishini aytmoqda. Pentagonning yuqori martabali amaldorlari yaqin yilda AQSh byudjetida 50 milliard dollar tejalgan mablag‘ qolishini prognoz qilgan. Bu mablag‘lar Isroilnikiga o‘xshash “Temir gumbaz” mudofaa tizimini yaratish uchun sarflanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Temir gumbaz” uchish masofasi 50 kilometrdan 200 kilometrgacha bo‘lgan boshqarib bo‘lmaydigan taktik raketalardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan tizim. Uni 2000 yillarning boshlarida Isroilning Rafael kompaniyasi ishlab chiqqan. Bitta batareya 1,5 ming kvadrat kilometrgacha bo‘lgan hududni himoya qilishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing