Husanov - Osiyoning eng qimmat futbolchilari uchligida

Sport

Mashhur Transfermarkt portali Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan 35 million yevro transfer narxi bilan O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov joy oldi.

Husanov - Osiyoning eng qimmat futbolchilari uchligida
21 yoshli markaziy himoyachi faqatgina Angliyaning "Brayton" klubi a’zosi yaponiyalik Kaoru Mitome va Myunxenning "Bavariya" klubi a’zosi janubiy koreyalik Kim Min Chjega imkoniyatni boy berdi. Reytingning har ikki yetakchisi 40 million yevroga baholangan.

Ro‘yxatga Husanovdan tashqari O‘zbekistonning yana ikki vakili kiritilgan. Moskvaning SSKA jamoasida muvaffaqiyatli to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullayev 8 million yevrolik transfer bahosi bilan 27-o‘rinni egalladi. "Roma" forvardi Eldor Shomurodov 5 million yevroga baholangan va 42-pog‘onadan joy olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing