Prezident qashqadaryolik faollar bilan suhbatlashdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, islohotlarning borishi va fuqarolarning kundalik hayotiga ta’sirini muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 19-iyun kuni Qarshi shahridan Shahrisabzga tashrifi chog‘ida poyezdda qashqadaryolik jamoatchilik vakillari bilan muloqot qildi. Shahar va qishloqlardagi o‘zgarishlar, aholining turmush sharoiti, tinchlik va barqarorlikning ahamiyati haqida so‘z bordi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston siyosati "Inson qadri uchun" degan ezgu g‘oya asosida olib borilayotganini ta’kidladi. Shu asosda aholining turmush sharoitini yaxshilash, daromadini oshirish, mahallalarni obod qilish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Hududlarni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar aholining munosib mehnat qilishi uchun sharoit yaratmoqda. Yoshlar va xotin-qizlar talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitilmoqda.
Iqtisodiy o‘zgarishlar sanoatning rivojlanishiga va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, energetika sohalarida ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz yo‘l infratuzilmasining ahamiyatini ta’kidlab, 2025-yilda Qashqadaryoda 100 kilometr yo‘lni ta’mirlashni jadallashtirish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. So‘nggi ikki yilda 40 ming kilometr yo‘l va 540 ta ko‘prik ta’mirlangan.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘z hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni, ayniqsa, xotin-qizlar uchun turli sohalarda imkoniyatlar kengayib borayotganini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor