AQSh iqtisodiyoti tarixiy past darajaga tushdi
Iqtisodiyot
Prezident Jo Bayden davrida AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushi ilk bor 15 foizdan pastga tushib, zamonaviy tarixdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi — 14,76 foiz. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Dunyo banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1999 yilda AQShning ulushi eng yuqori — 21,01 foizni tashkil etgan edi. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich pasayishni boshladi va so‘nggi o‘sish Barak Obamaning ikkinchi muddatida qayd etilgan.
Jo Bayden davrida iqtisodiy pasayish davom etdi, 2023 yil yakuniga ko‘ra AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushi 14,82 foizgacha kamaydi.
Shu bilan birga, Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi ulushi 1990 yildan beri 18,76 foizgacha ko‘tarildi, Yaponiya esa o‘z ulushini sezilarli darajada yo‘qotdi.

Powered by Froala Editor