O‘zbekistonda Buxoro aeroportini qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi
O'zbekiston
O‘zbekistonda Buxoro shahrida yangi aeroport majmuasini qurish va boshqarish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Loyiha Buxoro tumanidagi Kumsulton massivida zamonaviy aeroport infratuzilmasini barpo etishni nazarda tutadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Loyiha shartlariga ko‘ra, xususiy investor soatiga 1,2 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘ra oladigan yo‘lovchi terminali, shuningdek yoqilg‘i quyish majmuasi, katering binolari, avtoturargohlar va yuk maydonlarini qurishi kerak.
Shu bilan birga, aerodrom infratuzilmasi davlat boshqaruvida qoladi, xususiy kompaniya esa yo‘lovchi terminali va unga tegishli obyektlarni qurish hamda ekspluatatsiya qilish uchun mas’ul bo‘ladi.
Mazkur loyiha Buxoro mintaqasining aviatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va mamlakatning muhim turizm markazlaridan biri bo‘lgan shahar orqali yo‘lovchi oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor