AQSh Italiyani jahon chempionatiga qanday qaytarmoqchi
Sport
Jahon chempionati — 2026 atrofida yirik siyosiy mojaro kelib chiqmoqda. AQSh prezidentining maxsus vakili Paolo Dzampolli FIFAga Eron terma jamoasini musobaqadan chetlatishni va uning o‘rniga saralashdan o‘ta olmagan Italiya jamoasini qo‘shishni rasman taklif qildi.
Dzampollining tashabbusi nafaqat Italiyaning sportdagi yutuqlari (to‘rt karra jahon chempioni) bilan, balki Vashingtonning Donald Tramp va Jorja Meloni o‘rtasidagi diplomatik nizodan so‘ng Rim bilan munosabatlarni tiklash istagi bilan ham bog‘liq. Financial Times xabariga ko‘ra, AQShda o‘tadigan mundialda Italiyaga joy “sovga qilish” g‘oyasi Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida katta geosiyosiy o‘yin richagiga aylangan.
Biroq, FIFA prezidenti Janni Infantino qat’iy pozitsiyani egallab, Eron “mutlaqo aniq” turnirda ishtirok etishini bildirdi. Vashingtonda so‘zga chiqqan futbol rahbari sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerakligini va Eron terma jamoasi o‘z xalqini halol kurashda himoya qilish huquqini qo‘lga kiritganini ta’kidladi. Infantino chempionat boshlangunga qadar mintaqadagi vaziyat barqarorlashishiga umid bildirdi va eronlik futbolchilarga ishtirok etish uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlashga va’da berdi.

Powered by Froala Editor