AQSh Kiyevga bosim o'tkazmoqda
Dunyo
AQSh prezidenti o‘rinbosari Jey Di Vens Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga tashrif buyurdi va u yerda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muhim muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ushrashuvda Tramp tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik sulhiga erishish choralari hamda Ukrainaga gumanitar yordam ko'rsatish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Vens va davlat kotibi Marko Rubio Myunxendagi konferensiya doirasida Zelenskiy bilan uchrashib, AQSh prezidenti Donald Trampning Kiyevga Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun bosim o‘tkazayotgani, murosaga kelish shartlari va NATO hamda AQSh tomonidan bo‘ladigan kelajakdagi qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Tramp ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, mojaroni tugatish bo‘yicha darhol muzokaralar boshlashga chaqirgan edi. Vens esa bu muzokaralar natijalari «ko‘pchilikni hayratda qoldirishi mumkinligini» ta’kidladi.
Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida Vens diplomatiya muvaffaqiyatsiz tugasa, AQSh Ukrainaga qo‘shin yuborish ehtimolini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, agar foydali kelishuvga erishilsa, Moskva bilan munosabatlarni «qayta ishga tushirish» imkoniyatini ham ilgari surdi.
AQSh Kiyevni o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga ham undayapdi: NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan voz kechish va Rossiyaga hududiy yon bosishlar berish tinchlik kelishuvining bir qismi bo‘lishi mumkin. Pentagon rahbari Pit Hegset esa ochiqchasiga «Kiyev xalqaro tinchlikparvarlar ko‘magida mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga tayyorgarlik ko‘rishi lozim» deya bayonot berdi.
Zelenskiy bilan uchrashuvdan tashqari, Vens konferensiyada chiqish qilib, Yevropadagi mojaro va AQSh ittifoqchilarining mudofaa harajatlarini moliyalashtirish bo‘yicha muhim mavzularni ko‘tarishi kutilyapdi.

Powered by Froala Editor