AQSh pochta xizmati Xitoy va Gonkongdan kelayotgan posilkalarni to'xtatdi
Dunyo
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi keskinlashdi. AQSh pochta xizmati Xitoy va Gonkongdan kelayotgan posilkalarni noma'lum muddatga to‘xtatganini e’lon qildi. Mamlakatga kelayotgan kichik posilkalarining 30 foizi faqatgina ikki Xitoy kompaniyasi – Shein va Temu hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu qaror Donald Trampning Xitoyga qarshi savdo siyosati doirasida qabul qilingan. Bu esa o'z navbatida AQSh iste’molchilarining Xitoy elektron savdo platformalaridan buyurtmalariga sezilarli ta’sir ko'rsatdi.
AQSh pochta xizmati ushbu cheklovni joriy etish sabablarini ochiqlamagan bo‘lsa-da, ekspertlar buni Tramp tomonidan ilgari surilgan boj siyosatining natijasi deb hisoblashmoqda. Uning Xitoyga qarshi choralariga quyidagilar kiradi:
Importga keng qamrovli boj solish
Kam qiymatli posilkalar uchun bojxona imtiyozlarini bekor qilish
AQSh hukumatining 2023-yilgi hisobotiga ko‘ra, mamlakatga kelayotgan kichik posilkalarining 30 foizi faqatgina ikki Xitoy kompaniyasi – Shein va Temu hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, bu qaror AQSh iste’molchilari uchun narx oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Trampning Xitoyga qarshi yangi boj tariflari kuchga kirishi bilan Pekin ham o‘z javob choralarini e’lon qildi. Xitoy AQShdan import qilinadigan mahsulotlarga yangi bojlar joriy qildi, jumladan:
Ko‘mir va suyultirilgan tabiiy gazga – 15% boj
Neft, qishloq xo‘jaligi texnikasi va yirik avtomobillarga – 10% boj
Bundan tashqari, Xitoy hukumati Google va AQShga tegishli moda kompaniyalari (Tommy Hilfiger va Calvin Klein brendlari)ga qarshi tergov boshlashini e’lon qildi.
Xitoy rasmiylari ushbu choralar AQShning “bir tomonlama tarif oshirishiga” javob ekanini ta’kidlab, Jahon Savdo Tashkilotiga shikoyat qilishlarini bildirishdi.
Xitoyning eksport nazorati kuchaymoqda. Xitoy o‘z javob choralarini yanada kengaytirib, noyob metallar va kimyoviy moddalar eksportiga yangi cheklovlar joriy qildi. Ular orasida:
Volfram
Tellur
Vismut
Molibden
Bu metallar turli sanoat tarmoqlari, ayniqsa, elektronika va harbiy texnologiyalar ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Ma'lumot o'rnida, Meksika va Kanada ham Trampning tarif siyosatidan chetda qolmagan. Prezident Klaudiya Sheynbaum (Meksika) va Jastin Tryudo (Kanada) Tramp bilan so‘nggi daqiqada kelishuvga erishib, AQSh tomonidan joriy etiladigan bojlarni 30 kunga kechiktirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Meksika: 10 000 chegara qo‘shinini AQSh chegarasiga joylashtirdi
Kanada: “Fentanil bo‘yicha maxsus vakil” tayinlab, giyohvand kartellarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishini e’lon qildi.

Powered by Froala Editor