AQSh Rossiya va Xitoy bilan qurol nazorati masalasini "zudlik bilan" muhokama qilmoqchi

Siyosat

AQShning BMTdagi doimiy vakili Vashingtonning Moskva va Pekin bilan strategik qurollarni nazorat qilish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralarga kirishish istagini bildirdi. Kreml bunga hech qanday asos ko'rmayapti. Bu haqda DW axborot agentligi xabar bermoqda.

AQSh Rossiya va Xitoy bilan qurol nazorati masalasini "zudlik bilan" muhokama qilmoqchi
Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy bilan strategik qurollarni nazorat qilish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarga kirishmoqchi, dedi AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild 18-mart, dushanba kuni kechqurun BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz muzokaralarga tayyor.

«Ular faqat "ha" deb, yaxshi niyat bilan muzokaralar stoliga o'tirsa bas», — dedi u ikki davlat vakillariga.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Tomas-Grinfildning taklifiga javob berib, bu boradagi har qanday hamkorlik Oq uy va NATO “Rossiyaga qarshi o‘ta adovatli davlat siyosati”ni qayta ko‘rib chiqsagina mumkin bo‘lishini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing