AQSh Tayvanni kuchaytirmoqda, Xitoy to‘xtashni talab qilmoqda
Dunyo
AQSh Tayvanga HIMARS tizimlarini o‘z ichiga olgan qariyb 11 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotilishini e’lon qildi. Bu qaror Pekinning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Tayvanga umumiy qiymati qariyb 11 milliard dollar bo‘lgan yirik qurol paketi sotilishini ma’lum qildi. Paketga HIMARS reaktiv zalp o‘t ochish tizimlari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va raketalar kiradi.
Bitim AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Agar ma’qullansa, bu Trampning Oq uyga qaytganidan beri Tayvanga qurol sotish bo‘yicha ikkinchi bitim bo‘ladi.
AQShning Xavfsizlik hamkorligi agentligi (DSCA) ma’lumotiga ko‘ra, Tayvan qariyb 4 milliard dollarlik HIMARS tizimlari va yana 4 milliard dollarlik o‘ziyurar gaubitsalarni oladi.
Tayvan Mudofaa vazirligi AQShga minnatdorlik bildirib, bitim orolning mudofaa va to‘sib turish salohiyatini tezda kuchaytirishini ta’kidladi.
Xitoy esa Tayvanni o‘z hududi deb hisoblab, ushbu qarorni keskin qoraladi va u mamlakat suvereniteti hamda hududiy yaxlitligiga jiddiy zarar yetkazishini bildirdi.

Powered by Froala Editor