AQSh Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini qisqartirdi: endi 19 band qoldi
Dunyo
AQSh Jenevadagi muzokaralardan so‘ng Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini 28 banddan 19 bandga qisqartirdi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, hujjatdan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 100 mlrd dollarni Ukrainani tiklashga yo‘naltirish haqidagi band olib tashlangan.
AQSh Ukraina bo‘yicha taklif etilgan tinchlik rejasini qayta ko‘rib chiqib, uni 28 banddan 19 bandga qisqartirdi. Bu haqda Jenevadagi muzokaralarda ishtirok etgan Bloomberg manbalari xabar berdi. Manbalar qaysi bandlar o‘zgartirilgani yoki chiqarib tashlangani haqida ma’lumot bermadi.
Ularning aytishicha, hujjatdan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 100 milliard dollarni Ukrainani tiklashga yo‘naltirish haqidagi taklif chiqarib tashlangan.
Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Aleksandr Bevz bu o‘zgarishlarni tasdiqlab, shunday dedi:
«Avvalgi ko‘rinishdagi 28 bandlik reja endi mavjud emas. Ba’zi bandlar olib tashlandi, ba’zilari esa o‘zgartirildi».
Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, AQShning yangilangan reja loyihasi Moskva tomoniga yetkazilgan, biroq hozircha Rossiya bilan hech qanday muhokama o‘tkazilmagan. Uning fikricha, hujjatdagi ayrim bandlar «qabul qilsa bo‘ladigan ko‘rinishga ega».
Ushakov Yevropa tinchlik rejasini esa «bir qarashda mutlaqo konstruktiv emas va bizga mos kelmaydi», deb baholadi.

Powered by Froala Editor